Jinoyat-protsessual kodeksi

405¹⁵-modda. Sud ajrimi ustidan shikoyat berish va protest keltirish

(49¹-боб Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 18 февралдаги ЎРҚ-675-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.02.2021 й., 03/21/675/0126-сон)

Sudyaning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e'tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat, xususiy protest berilishi mumkin. Xususiy shikoyat, xususiy protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, sud uni materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yigirma to'rt soat ichida yuborishi shart. Apellyatsiya instantsiyasi sudi mazkur materiallarni kelib tushgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay xususiy shikoyat, xususiy protest bilan birga ko'rib chiqishi kerak. Apellyatsiya instantsiyasi sudi xususiy shikoyat, xususiy protestni ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan: sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni, protestni esa — qanoatlantirmay qoldirishga; sudyaning ajrimini o'zgartirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga va ishni mohiyatan ko'rib chiqish uchun sudga yuborishga haqli. Jinoyat ishi ajrimni chiqargan sudga apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimi chiqarilgan paytdan e'tiboran yigirma to'rt soatdan kechiktirmay qaytarilishi kerak. Birinchi instantsiya sudining ajrimi bekor qilingan hollarda ish birinchi instantsiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash bosqichidan boshlab umumiy qoidalarga asosan ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.