Surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yo'l qo'yilgan texnik yo'sindagi kamchiliklar, shu jumladan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar aniqlangan taqdirda, sudya ularni bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuboradi.
Texnik yo'sindagi kamchiliklar bartaraf etilganidan va ish prokuror tomonidan qaytarilganidan keyin besh sutka ichida sud ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalarga ko'ra jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash bilan bog'liq masalalarni hal etadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
401¹-modda. Dastlabki tergovning texnik yo'sindagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuborish
(401¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.