Sudya jinoyat ishini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi yoxud tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash haqidagi masalani ko'rib chiqish uchun ishni sudga yuborish to'g'risidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) ishni sudlovga tegishliligiga ko'ra o'tkazish to'g'risida;
2) ishni sudda ko'rish uchun tayinlash haqida;
3) dastlabki eshituv o'tkazish to'g'risida.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarga doir ajrim sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan paytdan e'tiboran yetti sutkadan kechiktirmay qabul qilinadi. Bu muddat shu sudning raisi tomonidan ko'pi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
395-modda. Kelib tushgan jinoyat ishi bo'yicha sudyaning harakatlari
(395-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 18 февралдаги ЎРҚ-675-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.02.2021 й., 03/21/675/0126-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.