Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash to'g'risidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash to'g'risidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli bo'lsa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv qaysi hududda tamomlangan bo'lsa, shu hududdagi sud tomonidan ko'riladi.
Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan bo'lsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan ko'riladi.
Basharti ish bo'yicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli bo'lsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
392-modda. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi
(392-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.