Prokuror yoki uning o'rinbosari tergovchidan ayblov xulosasi yoki surishtiruvchidan ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini o'rganib chiqishi va:
1) ayblanuvchi zimmasiga qo'yilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo'qligini;
2) qo'yilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan-asoslantirilmaganligini;
3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini;
4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini;
5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab bo'ladigan holatlar bor-yo'qligini;
6) ayblanuvchining qilmishlariga to'g'ri yoki noto'g'ri tavsif berilganligini;
7) tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinganligini;
8) ehtiyot chorasi to'g'ri yoki noto'g'ri tanlanganligini;
9) fuqaroviy da'voni va boshqa mulkiy undirishlarni ta'minlash choralari ko'rilgan-ko'rilmaganligini;
10) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari ko'rilgan-ko'rilmaganligini;
11) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, to'la va xolisona o'tkazilgan-o'tkazilmaganligini, barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari ko'rib chiqilganligini;
12) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilgan-etilmaganligini;
13) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning 379, 380 va 381¹²-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini;
14) surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan-qilmaganligini tekshirishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
384-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim bo'lgan masalalar
(384-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.