Surishtiruv surishtiruvchining qarori bilan ushbu Kodeksning 364 — 371-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda to'xtatiladi.
Shu bilan birga surishtiruvchi tomonidan faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi to'g'risida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e'lon qilinishi mumkin.
Agar surishtiruv ushbu Kodeksning 364-moddasi 1-bandida belgilangan asoslarga ko'ra to'xtatilgan bo'lsa, surishtiruvchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar orqali ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo'lgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
381⁹-modda. Surishtiruvni to'xtatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.