Jinoyat-protsessual kodeksi

381⁵-modda. Jinoyat ishini o'tkazish

Jinoyat ishini bir surishtiruv organi doirasida bir surishtiruvchidan boshqa surishtiruvchiga o'tkazish shu surishtiruv organining rahbari yoki surishtiruv bo'linmasi boshlig'i tomonidan amalga oshiriladi. Ishni bir surishtiruv bo'linmasidan boshqasiga o'tkazish yuqori surishtiruv organi rahbari yoki yuqori surishtiruv bo'linmasining boshlig'i tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. Ishni bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga o'tkazish prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. Tergovning har tomonlama, to'la va xolisona olib borilishini ta'minlash maqsadida prokuror quyidagi holatlarda ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida jinoyat ishini dastlabki tergov shaklida tergov qilish uchun dastlabki tergov organiga o'tkazishi yoki o'z ish yurituviga olishi mumkin: 1) ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozim bo'lgan shaxsni aniqlash uchun dastlabki tergov organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni jalb qilgan holda qo'shimcha tergov va protsessual choralarni qo'llash zarur bo'lganda; 2) ushbu Kodeksning 345-moddasi o'n birinchi qismi 1 — 5-bandlarida nazarda tutilganda. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha jinoyat ishini o'tkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.