Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslarning ro'yxati, shuningdek qo'llanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamog'ida bo'lganligi to'g'risidagi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy da'voni ta'minlash choralari, sud chiqimlari to'g'risidagi ma'lumotlar ilova qilinadi.
Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslarning ro'yxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda ko'rsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini ko'rsatadi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslar ro'yxatida ularning taxalluslari ko'rsatilishi mumkin. Xavfsizligi ta'minlanishiga muhtoj bo'lgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar ular ishtirokida o'tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni ko'rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
380-modda. Ayblov xulosasiga ilovalar
(380-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.