Tergovchi ishdagi materiallarni tanishib chiqish uchun tikilgan va raqamlangan ko'rinishda, har bir jilddagi hujjatlarni ro'yxat qilgan tarzda taqdim etadi.
Ish bilan tanishib chiqish uchun zarur bo'lgan muddat cheklanmaydi. Lekin protsess ishtirokchilari ishdagi materiallar bilan tanishishni ataylab cho'zishga urinayotgan bo'lsalar, tergovchi o'z qarorida ishdagi materiallar bilan tanishish uchun muayyan muddat belgilashga haqlidir.
Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan ko'chirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bundan mustasno.
Tergovchi ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik to'g'risida bayonnoma tuzadi.
Ish bilan tanishib chiqqandan keyingi og'zaki iltimoslarni tergovchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
376-modda. Jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.