To'xtatilgan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov:
1) tergovni to'xtatish uchun asos tariqasida ushbu Kodeksning 364-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganda;
2) ish bo'yicha ayblanuvchining ishtirokisiz bajarilishi mumkin bo'lgan qo'shimcha tergov harakatlarini o'tkazish zarurati tug'ilganda qayta tiklanadi.
Dastlabki tergovni to'xtatish to'g'risidagi qaror qonunga nomuvofiq bo'lsa, prokuror uni bekor qilishi va dastlabki tergovni qayta tiklash to'g'risida qaror chiqarishi mumkin.
Tergovchi dastlabki tergovning qayta tiklanganligi haqida prokurorga darhol xabar qiladi.
Ish yuzasidan dastlabki tergov qayta tiklanishi bilan bir paytda dastlabki tergovning o'tish muddati ham tiklanadi. Tergov muddatining keyinchalik uzaytirilishi dastlabki tergovni to'xtatishdan oldin o'tgan tergov muddatini e'tiborga olgan holda ushbu Kodeksning 351-moddasiga binoan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
371-modda. To'xtatilgan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergovni qayta tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.