Jinoyat-protsessual kodeksi

37-modda. Tergov boshqarmasi, bo'limi, bo'linmasi, guruhi boshlig'ining va uning o'rinbosarining vakolatlari

Tergov boshqarmasi, bo'limi, bo'linmasi, guruhining boshlig'i va uning o'rinbosari o'z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning o'z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo'yicha dastlabki tergovni to'la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko'radilar. Tergov boshqarmasi, bo'limi, bo'linmasi, guruhining boshlig'i va uning o'rinbosari ishlarni tekshirib ko'rishga, shuningdek dastlabki tergov o'tkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo'nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o'tkazish haqida tergovchiga ko'rsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o'zi olib borishga haqlidir. Tergov boshqarmasi, bo'limi, bo'linmasi, guruhi boshlig'ining va uning o'rinbosarining ish yuzasidan ko'rsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. Olingan ko'rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to'xtatib qo'ymaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.