Jinoyat-protsessual kodeksi

366-modda. Ayblanuvchi kasal bo'lib qolganida dastlabki tergovni to'xtatish

Sud-tibbiyot eksperti yoki psixiatr-ekspert ayblanuvchining kasalini jinoyat ishini yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og'ir va davomli, lekin davolab bo'ladigan kasallik deb topsa, ish bo'yicha dastlabki tergov ayblanuvchi sog'aygunga qadar to'xtatiladi. Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236 — 254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.