Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik ma'lumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni ko'rsatishni so'rab murojaat qiladi.
Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga ko'ra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun o'z oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari bo'lmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari to'g'risidagi qoidalari to'liq tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
349-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.