Jinoyat-protsessual kodeksi

346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik

Jinoyat qayerda sodir etilgan bo'lsa, jinoyat ishi o'sha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli bo'ladi. Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, to'la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo'zg'atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko'pchiligi turgan yerda o'tkazilishi ham mumkin. Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov bo'linmasi boshlig'ining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.