Jinoyat-protsessual kodeksi

334-modda. Ma'muriy, intizomiy va boshqa huquqbuzarliklar to'g'risidagi xabarlar bo'yicha ko'riladigan choralar

(334-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Kelib tushgan xabarda jinoyat haqida emas, balki ma'muriy, intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik yoxud axloq normalari buzilganligi haqida ma'lumot bo'lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish bilan bir paytda xabarni huquqni buzgan shaxsga nisbatan ma'muriy, intizomiy javobgarlik yoki jamoat ta'sir choralari qo'llash uchun huquqni buzgan shaxs ishlaydigan yoki o'qiydigan joy ma'muriyatiga, uning turar joyidagi jamoaga, jamoat birlashmasiga yoki bolalar masalalari bo'yicha komissiyaga, tegishli vakolatlarga ega bo'lgan davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuboradi. Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnat, uy-joy, oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo'riqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi ko'zga tashlansa, unda ishni qo'zg'atishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular ma'lum sabablarga ko'ra, sud orqali o'zlarini himoya qilishni so'rash imkoniyatiga ega bo'lmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.