Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 141¹-moddasining birinchi qismida, 141³-moddasida, 149, 149¹-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar to'g'risidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni so'rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo'zg'atiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda bo'lganligi, ayblanuvchiga qaram bo'lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko'ra o'z huquqini va qonuniy manfaatlarini o'zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo'zg'atishi shart.
Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi bo'lmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to'g'risidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko'ra qo'zg'atiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
325-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atish
(325-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 10 ноябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.