Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi.
Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo'yicha, shuningdek ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda o'tkaziladi.
Surishtiruv ushbu Kodeksning 381²-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo'yicha o'tkaziladi.
Tergovi surishtiruv shaklida o'tkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va to'la o'tkazilishini ta'minlash maqsadida ushbu Kodeksning 381⁵-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga ko'ra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
320³-modda. Jinoyat ishini tergov qilish
(320³-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 февралдаги ЎРҚ-1038-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.02.2025 й., 03/25/1038/0188-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.