Jinoyat-protsessual kodeksi

307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi

(307-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul to'lovlarini amalga oshirish to'g'risida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, to'lovni amalga oshirishi lozim bo'lgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan bo'lsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.