Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va 303-moddalarida ko'rsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon to'la hajmda qoplanadi.
Quyidagilar qoplanishi lozim bo'ladi:
1) reabilitatsiya etilgan shaxs o'ziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum bo'lgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar;
2) pensiya va nafaqalar, basharti ularni to'lash to'xtatib qo'yilgan bo'lsa;
3) pullar, pul jamg'armalari va ularga to'lanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga o'tkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
4) surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yo'qotilgan mol-mulk qiymati;
5) sud hukmini ijro qilish chog'ida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
6) yuridik yordam ko'rsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hay'atiga yoki firmasiga to'langan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxo'rlari, 2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi bilan ta'minlanishi lozim bo'lganlar jumlasiga kiruvchi oila a'zolari ega bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
304-modda. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi
(304-модданинг иккинчи қисми 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 30 августдаги 485-I-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1997 й., 9-сон, 241-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.