Jinoyat-protsessual kodeksi

302-modda. Reabilitatsiya etilishning mulkiy va boshqa oqibatlari

(302-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 28 августдаги ЎРҚ-558-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.08.2019 й., 03/19/558/3662-сон)

Reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamog'iga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda to'xtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda ma'naviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega. Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.