Xatlangan mol-mulk olib qo'yilib, saqlash uchun fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkin.
Xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila a'zolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning to'la-to'kis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi.
Muomalada bo'lishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qo'yilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi obligatsiyalari, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar olib qo'yilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani to'g'risidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari to'xtatib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
294-modda. Xatlangan mol-mulkni olib qo'yish va saqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.