Mol-mulk xatlanganligi to'g'risidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki ro'yxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a'zolaridan biriga, ular bo'lmagan taqdirda, mol-mulk ro'yxatga olingan hududdagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi.
Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni ro'yxatga olish o'tkazilgan bo'lsa, mol-mulk xatlanganligi to'g'risidagi bayonnomaning nusxasi tegishli ma'muriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qo'l qo'ydirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
292-modda. Mol-mulk xatlanganligi to'g'risidagi bayonnomaning nusxasini taqdim qilish majburiyligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.