Jinoyat-protsessual kodeksi

290²-modda. Sud ajrimi

(290¹ ва 290²-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)

Sudya mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, mol-mulkni xatlash to'g'risida yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan bo'lishi kerak. Xatlash to'g'risidagi ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo'yicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi ko'rsatiladi. Sudyaning mol-mulkni xatlash to'g'risidagi ajrimi o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, qonuniy vakilga, himoyachiga esa ma'lumot uchun yuboriladi. Mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnomani qo'zg'atish haqidagi qaror chiqarilganidan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash to'g'risida sud ajrimi chiqarilganidan keyin esa qonunchilikka muvofiq vakolatli bo'lgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi. Sudyaning mol-mulkni xatlash to'g'risidagi yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi ustidan mol-mulk xatlangan kundan e'tiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, qonuniy vakil, himoyachi tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to'rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan e'tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko'rib chiqishi kerak. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning mol-mulkni xatlash to'g'risidagi ajrimi ijrosini to'xtatib turmaydi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan: sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga va mol-mulkni xatlashga rozilik berishga yoki mol-mulkni xatlashni rad etishga haqli. Mol-mulkni xatlash rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo'yicha takroran sudga murojaat qilishga mol-mulkni xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.