Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo'ysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab bo'lajagi haqida, ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, ma'muriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish ta'sir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni ko'rish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi.
Sudning ajrimi ayblovchi yoki himoyachiga taalluqli bo'lsa, ishni eshitish keyinga qoldirilishi lozim, bir shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya qilayotgan hollar bundan mustasnodir. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori to'g'risida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishliligiga qarab, yuqori turuvchi prokurorga yoki O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboradi.
Sud zalidan sudlanuvchi chiqarib yuborilgan bo'lsa, hukm uning ishtirokida e'lon qilinishi yoki e'lon qilinganidan keyin unga darhol ma'lum qilinib, tilxat olinishi lozim.
Sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning o'zida chiqargan ajrimiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ajrim sud majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
272-modda. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik
(272-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-288-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 16-сон, 162-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.