Jinoyat-protsessual kodeksi

270-modda. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash

(270-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a'zolari yoki yaqin qarindoshlariga o'ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo'q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o'zga g'ayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli ma'lumotlar mavjud bo'lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha'ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko'rishlari shart. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha'ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta'minlovchi barcha zarur choralarni ko'rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir. Ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud ma'lumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi lozim. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatib o'tilgan shaxslarni himoya qilish uchun xavfsizlik choralarini qo'llash asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.