Majburiy keltirish to'g'risidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi.
Majburiy keltirilishi lozim bo'lgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog'liq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi ma'lumotnoma ilova qilinishi lozim.
Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, ta'tilda, xizmat safarida ekanligi, og'ir kasalligi yoki boshqa sabablarga ko'ra yo'qligi oqibatida majburiy keltirishga imkon bo'lmaganligini aniqlasa, bu haqda ma'lumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
264-modda. Majburiy keltirish to'g'risidagi qarorni yoki ajrimni bajarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.