Jinoyat-protsessual kodeksi

254²-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish

Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo'llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab bo'lgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.