Jinoyat-protsessual kodeksi

252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi

(252-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish to'g'risida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamoat birlashmasi yoki jamoa o'z qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda bo'lishiga kafil ekanligi to'g'risidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi bo'lsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qo'llanilishiga sabab bo'lgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib bo'lsa, ehtiyot chorasi jiddiyrog'i bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani to'g'risida bayonnoma tuziladi. Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga o'tgan yoxud istiqomat joyini o'zgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin. Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib bo'lgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.