Jinoyat-protsessual kodeksi

243¹-modda. Uy qamog'i bo'yicha belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) bekor qilish yoki o'zgartirish yoxud qo'shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash tartibi

(243¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)

Uy qamog'i bo'yicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud bo'lganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin. Ushbu Kodeks 242¹-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga ko'ra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin. Uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to'g'risidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanadi, u qo'shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan so'ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo'lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida; qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish to'g'risida. Sudyaning uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish to'g'risidagi ajrimi o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma'lumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestni ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan: 1) sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; 2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilashga; 3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash to'g'risidagi ajrimini bekor qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.