Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha qo'llaniladi.
Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha quyidagi holatlardan biri mavjud bo'lgan taqdirda:
ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida;
ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida;
ilgari qo'llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida;
ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo'lmaganida;
jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash davrida sodir etilganida, qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
242-modda. Qamoqqa olish
(242-модданинг иккинчи қисми олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.