Jinoyat-protsessual kodeksi

239-modda. Ehtiyot chorasi qo'llanilishi mumkin bo'lgan shaxslar

(239-модда учинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Ehtiyot chorasi faqat ayblanuvchilarga, sudlanuvchilarga, mahkumlarga va aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog'i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo'llanilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasi: 1) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosiga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan; 2) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan; 2¹) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan; 3) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi roziligi bilan; 4) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarining, fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo iqtisodiy sudlarning, tumanlararo ma'muriy sudlarining va O'zbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud bo'lganda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan; 4¹) O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a'zosiga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan; 5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.