Ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo'yin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo'l qo'ymaslik; hukmning ijro etilishini ta'minlash maqsadida qo'llaniladi.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan o'rinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos bo'lishi mumkin.
Ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash haqidagi sud ajrimining ijrosini ta'minlash maqsadida qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
236-modda. Ehtiyot choralari qo'llanilishining maqsad va asoslari
(236-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.