Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar:
1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;
2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash zarurati bo'lmasa yoki uni qo'llash sud tomonidan rad etilsa;
3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan bo'lsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi o'ninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan bo'lsa, ozod qilinadi.
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig'i tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish to'g'risidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushishi bilan darhol ijro etiladi.
Ushlab turilgan shaxsni bundan buyon ushlab turish uchun asoslar yo'qligi aniqlanishi bilanoq surishtiruvchi va tergovchi uni darhol ozod qilishlari shart.
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish to'g'risidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash haqidagi ajrimi qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig'i bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi to'g'risida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi.
Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning ma'muriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin jo'nab ketishini ta'minlaydi; ularning iltimosiga ko'ra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda bo'lgan vaqti haqida ma'lumotnoma beradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
234-modda. Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi
(234-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-100-сонли Қонуни таҳририда — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 249-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.