Jinoyat-protsessual kodeksi

221-modda. Ushlab turish asoslari

Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud bo'lganda ushlab turilishi mumkin: 1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo'lga tushsa; 2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatsalar; 3) uning o'zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa; 4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo'ladigan ma'lumotlar mavjud bo'lib, u qochmoqchi bo'lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo'q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.