Jinoyat-protsessual kodeksi

217-modda. Protsessual majburlov chorasi qo'llanilgani haqida xabar qilish

(217-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 майдаги ЎРҚ-617-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.05.2020 й., 03/20/617/0585-сон)

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamog'i yoki ekspertiza o'tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo'llaganida shaxsga nisbatan qo'llanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi to'g'risida darhol oila a'zolaridan biriga, ular bo'lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o'qish joyiga ma'lum qilishi shart. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, uy qamog'iga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo'lsa, bu haqda darhol O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning ko'chirma nusxasi ishga ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.