Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan, o'ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan bo'lsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini ta'minlash uchun zarur bo'lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qo'llashga haqlidir.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini ushbu Kodeksning 221 va 224-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qo'llashga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
213-modda. Protsessual majburlov choralarini qo'llash uchun asoslar
(213-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.