Jinoyat-protsessual kodeksi

210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo'lgunga qadar ashyoviy dalillar to'g'risida qabul qilinadigan qarorlar

Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik ro'zg'orda zarur bo'ladigan narsalar; uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim bo'lgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari o'tkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim. Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy egasi yoxud mulkdori noma'lum bo'lgan yoki boshqa sabablarga ko'ra ularni qaytarib berish mumkin bo'lmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.