Jinoyat-protsessual kodeksi

209-modda. Pul, qimmatli qog'ozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish

(209-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги 254-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2001 й., 9-10-сон, 165-модда)

Ishga ashyoviy dalil sifatida qo'shib qo'yilgan pul, qimmatli qog'ozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida ko'zdan kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim. Fuqaroviy da'voni ta'minlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qo'yilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshirilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.