Jinoyat-protsessual kodeksi

206-modda. Ashyoviy dalillarni ko'zdan kechirish

Boshqa shaxslardan topilgan, olib qo'yilgan yoki qabul qilib olingan narsalar ushbu Kodeksning 135 — 137, 139 va 140-moddalarida ko'rsatilgan qoidalarga asosan darhol ko'zdan kechiriladi. Ko'zdan kechirishda narsaning ishga taalluqliligi haqida xulosa chiqarishga asos bo'ladigan, shuningdek uni boshqa narsalardan farqlovchi belgilar aniqlanishi lozim. Ko'zdan kechirish jarayoni va uning natijalari narsa olingan paytda o'tkazilayotgan tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.