Jinoyat-protsessual kodeksi

203-modda. Ashyoviy dalillar

Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma'lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qo'ldan-qo'lga o'tganligi yoki turgan joyi o'zgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta'sir etganligini aniqlash mumkin bo'lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bo'lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.