Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak bo'lgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish to'g'risidagi qaror yoki sudning o'ziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan bo'lsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og'riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo'lmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qo'llanilishi mumkin.
Murdadan, shuningdek xom ashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish eksgumatsiya qilish, olib qo'yish yoki tintuv o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Olingan namunalar o'raladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan bo'lsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish to'g'risidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida namunalarni ko'zdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va to'la saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.