Tadbirkorlik sub'yektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik sub'yekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o'tkaziladi.
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik sub'yekti tomonidan ularni jalb etish uchun to'siq bo'lmaydi.
Taftish o'tkazuvchi shaxs tadbirkorlik sub'yektining vakolatli vakiliga uning taftish o'tkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga bo'lgan huquqini taftish o'tkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Agar tadbirkorlik sub'yektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish o'tkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko'pi bilan yigirma to'rt soatga to'xtatib turiladi.
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma to'rt soat ichida yetib kelish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Taftish o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud bo'lishi tadbirkorlik sub'yektini taftishdan o'tkazishning majburiy shartidir:
taftish tayinlash to'g'risidagi qaror yoki ajrim;
vakolatli organning taftish o'tkazish to'g'risidagi buyrug'i;
taftish o'tkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi;
taftishga ruxsat berish to'g'risidagi maxsus guvohnoma.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
187⁴-modda. Tadbirkorlik sub'yektlarini taftishdan o'tkazish shartlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.