Jinoyat-protsessual kodeksi

187¹¹-modda. Taftish o'tkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari

(187¹¹-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Taftish o'tkazuvchi shaxslar o'z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli: tekshirilayotgan sub'yektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o'tkazish; taftish o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish; tekshirilayotgan sub'yektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish; qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish; ob'yektiv asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, taftish o'tkazish muddatini uzaytirish to'g'risida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish; ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan o'zga harakatlarni bajarish. Taftish o'tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan sub'yektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart. Taftish o'tkazuvchi shaxslar o'z vakolatlari doirasida: xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish to'g'risidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi; taftishni tayinlash to'g'risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o'tkazish haqidagi buyrug'ining ko'chirma nusxalarini tekshirilayotgan sub'yektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qo'ydirib topshirishi; tekshirilayotgan sub'yektlar faoliyatining amalga oshirilishiga to'siqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining to'xtatib qo'yilishiga yo'l qo'ymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; davlat sirlarini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni oshkor etmasligi; yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga bo'lgan huquqi to'g'risida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan sub'yektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi; tekshiruvlarni ro'yxatdan o'tkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda to'ldirishi; taftish natijalari to'g'risidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan sub'yektda taftish tugallangan kuni qoldirishi; huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan ta'sir choralarini ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.