Jinoyat-protsessual kodeksi

179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va o'tkazishdagi huquqlari

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va o'tkazishda: 1) ekspertiza o'tkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash to'g'risidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va o'ziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo'yiladi; 2) ekspertni rad etish; 3) o'zi ko'rsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish; 4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qo'shimcha savollar qo'yish, qo'shimcha materiallar taqdim etish; 5) ekspertiza o'tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir bo'lish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qo'llayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish; 6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qo'shimcha yoki qayta ekspertiza o'tkazish to'g'risida iltimos qilish huquqiga ega. Sanab o'tilgan huquqlardan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.