Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlab turilgan pochta-telegraf jo'natmalarini xolislar ishtirokida, zarurat bo'lganda esa tegishli mutaxassis ishtirokida ochadi va ko'zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotlar, narsalar, hujjatlar, elektron ma'lumotlar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi tegishli pochta-telegraf jo'natmalarini olib qo'yadi yoxud ulardan nusxa ko'chirish bilan chegaralanadi. Ko'zdan kechirilgan jo'natmalarda ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotlar, narsalar, hujjatlar, elektron ma'lumotlar mavjud bo'lmagan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi ko'zdan kechirilgan xat-xabarni egasiga yetkazish to'g'risida yoki uni o'zi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida ko'rsatma beradi.
Ushlangan jo'natmalar ko'zdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf jo'natmalari ko'zdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi jo'natmalardan nusxalar olinganligi ko'rsatilishi lozim. Bayonnoma ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
167-modda. Pochta-telegraf jo'natmalarini ko'zdan kechirish va olib qo'yish
(167-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.