Olib qo'yish yoki tintuv diplomatiya vakolatxonasi hududida o'tkazilayotganda diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega bo'lgan xodimlari, shuningdek ularning oila a'zolari egallab turgan binolarda faqat diplomatiya vakolatxonasi boshlig'ining iltimosiga ko'ra yoki uning roziligi bilan o'tkazilishi mumkin, diplomatiya vakolatxonasi xodimlarining yoki ularning voyaga yetgan oila a'zolarining istiqomat joylarida yoxud ular egallab turgan boshqa binolarda olib qo'yish va tintuv ularning iltimoslariga ko'ra yoki roziliklari bilan o'tkazilishi mumkin. Ko'rsatilgan imtiyozlar O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinmagan bo'lsa-da diplomatiya daxlsizligiga ega bo'lgan ajnabiy vakillarga va ularning oila a'zolariga ham beriladi.
Diplomatiya daxlsizligiga ega bo'lgan shaxsga va uning oila a'zolariga nisbatan shaxsiy tintuv yoki olib qo'yish ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan talablarga rioya qilgan holda o'tkazilishi mumkin.
Diplomatiya vakili yoki uning oila a'zolarining olib qo'yishga yoki tintuv o'tkazishga roziligi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali so'raladi.
Diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya daxlsizligidan foydalanadigan vakillar, shuningdek ularning oila a'zolari joylashgan binolarda tintuv yoki olib qo'yish o'tkazish chog'ida prokuror va O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakili hozir bo'lishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
165-modda. Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qo'yish yoki ularda tintuv o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.