Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsalarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni ular topilgan joyda, basharti ko'zdan kechirish ko'p vaqt yoki qo'shimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi o'tkazilayotgan joyda ko'zdan kechiradilar.
Ko'zdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlarida, agar narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron ma'lumotlarning yo'qolishiga yoki shikastlanishiga olib kelmasa, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'ida o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
140-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni ko'zdan kechirish
(140-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.