Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ko'zdan kechirish xolislar ishtirokida o'tkaziladi. Jinoyat ishi ko'rilayotgan vaqtda ko'zdan kechirishga zarurat tug'ilsa, sud bu haqda ajrim chiqaradi va ko'zdan kechirishni taraflar ishtirokida o'tkazadi.
Zarur hollarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ko'zdan kechirish chog'ida o'lchov o'tkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni bajarishga yordam berish uchun ko'zdan kechirishga mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Ko'zdan kechirish chog'ida topilgan va olib qo'yilgan barcha narsalar xolislarga, taraflarga va ko'zdan kechirishning boshqa ishtirokchilariga ko'rsatilishi lozim.
Ko'zdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e'tiborini o'zlarining fikricha ish holatlarini oydinlashtirishga yordam berishi mumkin bo'lgan barcha hollarga qaratishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
136-modda. Ko'zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari
(136-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.