Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy da'vogarni) ob'yektiv sabablarga ko'ra (O'zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan og'ir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chog'ida keyinchalik so'roq qilish mumkin bo'lmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo'lgan hollarda, ularning ko'rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo'yilishi mumkin.
Ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish zarur bo'lganda surishtiruvchi, tergovchi ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar), guvoh va himoyachi ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish to'g'risida prokurorga murojaat qiladi.
Prokuror ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorning yoxud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudiga yuboradi.
Iltimosnomaga ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining ko'chirma nusxalari ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
121²-modda. Ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish uchun asoslar
(121²-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.