Jinoyat-protsessual kodeksi

120-modda. Guvohni va jabrlanuvchini ularning iltimosiga ko'ra so'roq qilish

Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda bo'lgan guvoh yoki jabrlanuvchi ko'rsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida o'sha kunning o'zida yoki keyingi kundan kechiktirmay so'roq qilinishi kerak. Guvoh yoki jabrlanuvchining ko'rsatuv berishga xohishi to'g'risidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga so'roq o'tkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq so'roq o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.